
Uyni iliq qilish uchun katta ta’mir shart emas. Ko‘pincha bir necha to‘g‘ri tanlangan tekstil va dekor buyumi xonaning kayfiyatini butunlay o‘zgartiradi.
1. Rangni bir xil uslubda tanlang
Sochiq, pled va parda bir-biriga mos bo‘lsin. Neytral rang (oq, kulrang, bej) asos bo‘lsin, ustiga bitta yorqin rang qo‘shing.
2. Yumshoq pled — qish uchun eng yaxshi sovg‘a
Diyonga tashlangan yumshoq pled xonani darhol uyg‘un qiladi. Mikrofibra yengil va tez quriydi, jun esa issiqroq.
3. Sifatli sochiq va choyshab
Paxta eng yaxshi tanlov: u terini nafas oldiradi va yuvgandan keyin ham yumshoqligini yo‘qotmaydi. Zichligi (g/m²) qanchalik yuqori bo‘lsa, shunchalik uzoq xizmat qiladi.
4. Vaza va kichik dekor
Oddiy vazaga solingan gul yoki quruq novda xonaga jon kiritadi. Stol yoki javon ustiga 2–3 ta narsa yetarli, ko‘p bo‘lsa to‘polon bo‘ladi.
5. Yorug‘likka e’tibor bering
Iliq rangli LED lampochkalar kechqurun qulay muhit yaratadi. Bitta markaziy chiroq o‘rniga 2–3 ta kichik yorug‘lik manbasi qo‘ying.
Bularning hammasini Uy tekstili va Uy bezagi bo‘limlaridan topishingiz mumkin.



