Sotuvchi bo‘lish uchun ombor yoki YTT shart emas deb o‘ylamang — platforma shartnomasi bo‘yicha ishlash qoidalari bilan tanishib chiqing. Bu yerda asosiy yo‘lni ko‘rsatamiz: ro‘yxatdan o‘tish, shartnoma, do‘kon sozlamalari va panel.
- “Sotuvchi bo‘lish” sahifasida shartlarni ko‘ring
- Ro‘yxatdan o‘tishda Men sotuvchimanni tanlang
- Sotuvchi panelini tanishing
- Shartnomani qabul qiling
- Do‘kon sozlamalarini to‘ldiring
1Shartlarni ko‘ring
Sotuvchi bo‘lish sahifasida komissiya jadvali va kalkulyator bor: mahsulot narxi oshgani sari foiz kamayadi (15% dan 2% gacha). Mahsulot joylash bepul. Tayyor bo‘lsangiz Ro‘yxatdan o‘tishni bosing.

2Sotuvchi sifatida ro‘yxatdan o‘ting
Shaxsiy kabinetdagi ro‘yxatdan o‘tish shaklida Men sotuvchimanni tanlang — qo‘shimcha maydonlar chiqadi: familiya, do‘kon nomi va sayt manzili. Sotuvchilar shartnomasini o‘qib, belgilang va Ro‘yxatdan o‘tishni bosing.

3Sotuvchi paneli bilan tanishing
Kirgandan so‘ng chap menyuda hamma kerakli bo‘limlar: Mahsulotlar, Buyurtmalar, Resellerlar (ruxsat berish) va Pul yechish. Hisobot va reklama (piksel) bo‘limlari ham shu yerda.

4Shartnomani qabul qiling
Panel tepasida sariq blok chiqadi: Sotuvchilar bilan shartnomani o‘qib, belgini qo‘ying va Qabul qilamanni bosing. Qabul qilinmaguncha mahsulot joylash va pul yechish cheklanadi. Shartnomani rekvizitlaringiz bilan chop etish ham mumkin.

5Do‘kon sozlamalari
Sozlamalar → Do‘kon bo‘limida logotip, banner, do‘kon nomi va manzilni to‘ldiring. Chiroyli va to‘liq do‘kon xaridorda ishonch uyg‘otadi.

Savollar bo‘lsa — sotuvchi panelidagi Qo‘llab-quvvatlash bo‘limiga yozing.