Ro‘yxatdan o‘tgan foydalanuvchi buyurtmalarini kuzatadi, manzillarini saqlaydi va sevimli mahsulotlarini yo‘qotmaydi. Quyidagi 4 qadamda hammasi tushunarli.
- Saytning yuqori o‘ng burchagidagi Kirish belgisini bosing
- Ro‘yxatdan o‘tish shaklini to‘ldiring
- Parol va rolni tanlab, tugmani bosing
- Shaxsiy kabinetga kirasiz — tayyor!
1Kirish belgisini toping
Har bir sahifaning yuqorisida odam shaklidagi Kirish belgisi bor. Shu yerdan kirasiz yoki yangi hisob ochasiz. Tilni UZ / RU tugmasi bilan o‘zgartirish mumkin.

2Ro‘yxatdan o‘tish shaklini to‘ldiring
Sahifaning o‘ng tomonidagi Ro‘yxatdan o‘tish bo‘limida ismingiz, telefon raqamingiz (+998 tayyor turadi) va o‘ylab topgan loginingizni yozing.

3Parol qo‘ying va rolni tanlang
Parol kamida 6 belgidan iborat bo‘lsin. E-pochta ixtiyoriy, lekin parolni unutsangiz tiklash uchun kerak bo‘ladi. Men xaridorman belgisi tanlangan holda Ro‘yxatdan o‘tish tugmasini bosing.

4Shaxsiy kabinetingiz
Kirgandan so‘ng chap tomondagi menyu ochiladi: Buyurtmalar — barcha xaridlar, Manzillar — yetkazib berish manzillari, Profil ma’lumotlari — ism va parolni o‘zgartirish.

Tayyor! Endi birinchi buyurtmani qanday berish haqidagi qo‘llanmani o‘qing.