Reseller — mahsulotni oldindan sotib olmasdan, o‘z narxida taklif qiladigan vositachi. Xaridor sizning havolangiz orqali sotib olsa, ustama pul to‘liq sizniki: platforma undan ulush olmaydi.
- Ro‘yxatdan o‘ting
- Mahsulotni toping va foizni tanlang
- Vitrinaga qo‘shing
- Havolani ulashing va natijani kuzating
1Ro‘yxatdan o‘ting
Saytdan pul ishlash sahifasida shartlarni ko‘ring va Ro‘yxatdan o‘tish va boshlashni bosing. Hisobingiz bo‘lsa, kirgach Shaxsiy kabinet → Reseller bo‘limiga o‘ting va shartnomani qabul qiling.

2Reseller paneli
Tepada shaxsiy vitrina havolangiz (nusxalash va ulashish tugmalari bilan), yechib olish mumkin bo‘lgan pul va hisob-kitoblar. Bo‘limlar: mahsulotlar, statistika, buyurtmalar, xaridorlar, pul yechish, reklama va vitrina sozlamalari.

3Mahsulot tanlang va foizni belgilang
Qidiruvda nom, toifa yoki do‘kon bo‘yicha toping. Kartochkada 5% · 10% · 15% · 20% tugmalarini bosing yoki slayderni suring — ustama va “siz ishlaysiz” summasi darhol ko‘rinadi. Vitrinaga qo‘shishni bosing.

4Havolani ulashing
Ulashish tugmasi tayyor post matni, QR-kod va Telegram, WhatsApp, Instagram tugmalarini ochadi. Xaridor havolangiz bilan kirsa, faqat siz tanlagan mahsulotlarni ko‘radi va saytning boshqa qismiga o‘tib ketmaydi.

5Statistika va xaridorlar
Statistika bo‘limida so‘nggi 30 kunlik tashriflar, ko‘rishlar, sotuvlar va ustama ko‘rinadi. Xaridorlar bo‘limida kimlar qaysi viloyat va tumandan sotib olgani chiqadi — shaxsiy ma’lumotlar (ism, telefon, aniq manzil) maxfiy qoladi.


Pul qachon tushadi va qanday yechiladi? Pul yechish qo‘llanmasini o‘qing.