Daromadingizni bank kartangizga yoki hisob raqamingizga yechib olish uchun so‘rov yuborasiz. Tasdiqlangach pul o‘tkaziladi.
- Buyurtma bajarilgach 10 kun qaytarish muddati o‘tadi — shundan so‘ng pul yechishga ochiladi
- Minimal yechish miqdori — 100 000 so‘m
- Reseller ustamasidan yechishda 2% soliq ushlab qolinadi
- So‘rovni yuborishdan oldin shartnomani qabul qilgan bo‘lishingiz kerak
1Reseller: “Pul yechish” bo‘limi
Kabinet → Reseller → Pul yechish: yechmoqchi bo‘lgan summani va 16 xonali karta raqamini yozing. Soliq summasi va qo‘lingizga tegadigan pul darhol ko‘rsatiladi. So‘rov yuborishni bosing. O‘ng tomonda avvalgi so‘rovlar tarixi va holati turadi.

2Sotuvchi: “Pul yechish” sahifasi
Sotuvchi panelida Pul yechish bo‘limiga kiring: balans va minimal miqdor yuqorida ko‘rinadi. Pul yechishni so‘rash tugmasi so‘rov yuboradi. “Kutilayotgan so‘rovlar” jadvalida har bir so‘rovning holati chiqadi.

Savollar bo‘lsa Madinaga yozing yoki sotuvchi panelidagi Qo‘llab-quvvatlash bo‘limiga murojaat qiling.