Mahsulot sotmasdan ham daromad qiling
Do‘stlaringiz, Telegram kanalingiz yoki ijtimoiy tarmoqdagi obunachilaringizga mahsulot taklif qiling. Narxni o‘zingiz qo‘yasiz — ustama sizniki. Ombor, yetkazib berish va to‘lov bilan biz shug‘ullanamiz.
Qanday ishlaydi
Reseller bo‘ling
Hisob oching va shartnomani qabul qiling. Shaxsiy vitrina havolangiz tayyor.
Mahsulot tanlang
Katalogdan yoqqan mahsulotlarni vitrinangizga qo‘shing va o‘z narxingizni qo‘ying.
Havolani ulashing
Havolani Telegram, Instagram yoki do‘stlaringizga yuboring. Xaridor sizning vitrinangizdan xarid qiladi.
Pul oling
Buyurtma bajarilib, 10 kun o‘tgach ustamani kartangizga yechib olasiz.
Qancha ishlash mumkin
Mahsulot narxiga qarab qo‘yish mumkin bo‘lgan eng yuqori ustama (arzon mahsulotda foiz yuqori, qimmatda past):
| Sotuvchi narxi | Eng yuqori ustama | Siz ishlab topishingiz mumkin | Xaridor to‘laydi |
|---|---|---|---|
| 100 000 so‘m | +40% | 40 000 so‘m | 140 000 so‘m |
| 300 000 so‘m | +34,2% | 102 450 so‘m | 402 450 so‘m |
| 1 000 000 so‘m | +21,4% | 213 600 so‘m | 1 213 600 so‘m |
| 3 000 000 so‘m | +13,9% | 417 300 so‘m | 3 417 300 so‘m |
| 7 000 000 so‘m | +10% | 700 000 so‘m | 7 700 000 so‘m |
Bepul va xavfsiz
Hech qanday to‘lov yoki boshlang‘ich mablag‘ kerak emas.
Omborsiz
Mahsulotni saqlash va yetkazish bilan sotuvchi va kuryer shug‘ullanadi.
Ishonchli to‘lov
Xaridordan pulni platforma qabul qiladi, siz ustamani kartangizga olasiz.
Narx — o‘zingizda
Har bir mahsulotga o‘z narxingizni qo‘ying va daromadingizni boshqaring.
Ko‘p so‘raladigan savollar
Reseller bo‘lish pullikmi?
Yo‘q, bepul. Faqat shartnomani qabul qilasiz.
Pulni qachon olaman?
Buyurtma “Bajarildi” holatiga o‘tgach va 10 kunlik qaytarish muddati tugagach. Minimal yechish summasi — 100 000 so‘m.
Soliq qanday ushlanadi?
Pul yechishda qonunchilikka muvofiq 2% soliq ushlab qolinadi, qolgan summa kartangizga o‘tkaziladi.
Xaridor mahsulotni qaytarsa nima bo‘ladi?
Qaytarilgan buyurtma uchun ustama hisobingizdan chegiriladi.
Mahsulotni o‘zim yetkazaman va to‘lov olamanmi?
Yo‘q. Xaridor sayt orqali buyurtma beradi va to‘laydi, yetkazishni sotuvchi tashkil qiladi.