“Mahsulot qo‘shish” ustasi sizni 6 qadam bo‘ylab olib boradi. Har qadamda o‘ng tomonda xaridor shunday ko‘radi degan jonli ko‘rinish chiqadi, kartochka sifati esa ball bilan baholanadi.
- Toifa
- Nom va tavsif
- Rasmlar va video
- Narx (komissiya darhol ko‘rinadi)
- Yetkazib berish
- Tekshirish va yuborish
1Toifani tanlang
Mahsulot ➜ Qo‘shish tugmasini bosing. Qidiruvga mahsulot turini yozing (masalan, “choynak”) — mos toifa chiqadi. Yuqoridagi 6 qadamni istalgan paytda bosib o‘tish mumkin, ma’lumotlar yo‘qolmaydi.

2Nom va tavsif
Nomni tur + brend + model + asosiy xususiyat tartibida yozing. Tavsifda mahsulot haqida batafsil ayting. Rus tilidagi nomni ham kiriting — rus tilida kirgan xaridorlarga shu ko‘rinadi. Tugatolmasangiz Qoralama sifatida saqlash bor.

3Rasmlar va video
Rasmlarni sudrab tashlang yoki kompyuterdan tanlang (10 tagacha, JPG/PNG/WEBP). Birinchi rasm — asosiy. Pastda video: faylni yuklasangiz brauzer uni avtomatik kichraytiradi, yoki YouTube havolasini qo‘ying. Rasm va video qoidalari bilan tanishib chiqing.

4Narx va komissiya
Sotuv narxini yozing — pastda xaridor to‘laydi − komissiya = sizga tushadi darhol hisoblanadi. Resellerlarga ruxsat bersangiz, mahsulotni boshqalar ham o‘z narxida sotadi: reseller ustamasi xaridordan olinadi, sizdan ushlanmaydi.

5Yetkazib berish
Og‘irlik va o‘lchamlarni kiriting, jo‘natishga tayyorlash muddatini (1 kundan 14 kungacha) va qaysi mamlakatlarga sotilishini tanlang.

6Tekshiring va yuboring
Oxirgi qadamda hamma ma’lumot ro‘yxat ko‘rinishida chiqadi, O‘zgartirish bilan istalganiga qaytish mumkin. Hammasi yashil bo‘lsa Moderatsiyaga yuborish tugmasini bosing. Moderator odatda 24 soat ichida tekshiradi va mahsulot saytda chiqadi.

Mahsulot chiqdimi? Endi pul yechish qo‘llanmasi bilan tanishing.