OmadSavdo.uz’da xarid qilish juda oson: mahsulotni toping, savatga soling va manzilingizni kiriting. Ro‘yxatdan o‘tmasdan ham buyurtma berish mumkin.
- Mahsulotni qidiring yoki katalogdan tanlang
- Katalogda saralang va filtrlang
- Mahsulot sahifasida Savatga qo‘shishni bosing
- Savatni tekshirib, Buyurtmani rasmiylashtirishni bosing
- Viloyat va tumanni tanlab, ma’lumotlarni kiriting
- To‘lov usulini tanlab, buyurtmani tasdiqlang
1Mahsulotni toping
Yuqoridagi qidiruv maydoniga mahsulot nomini yozing va Qidirishni bosing. Kamera belgisi orqali mahsulot rasmini yuklab, o‘xshashini ham topishingiz mumkin. Katalog tugmasi barcha bo‘limlarni ko‘rsatadi.

2Katalogda tanlang
Chap tomonda bo‘limlar, tepada 3 / 4 / 5 tugmalari (mahsulotlar qatori) va saralash. Kartochkadagi Savatga tugmasi mahsulotni darhol savatga soladi.

3Mahsulot sahifasi
Katta rasmlar, narx, ombordagi soni va tavsifni ko‘ring. Video bo‘lsa, ▶ Video tugmasi mahsulotni jonli ko‘rsatadi. Pastda sharhlar va yetkazib berish haqida ma’lumot bor. Tayyor bo‘lsangiz — Savatga qo‘shish.

4Savatni tekshiring
Savatda sonini o‘zgartirish mumkin. Promokod bo‘lsa shu yerga yozing — birinchi buyurtmaga BIRINCHI kodi 5% chegirma beradi. Keyin Buyurtmani rasmiylashtirishni bosing.

5Manzilni kiriting
Ism, familiya va manzilni yozing. Avval viloyatni tanlang, keyin shahar/tuman ro‘yxatdan tanlanadi — xato yozish imkoni yo‘q. Telefon raqamingizga kuryer qo‘ng‘iroq qiladi.

6To‘lov va tasdiqlash
Qulay to‘lov usulini tanlang (qabul qilganda naqd yoki karta). Foydalanish shartlari belgisini qo‘yib, Buyurtmani tasdiqlashni bosing. Buyurtma raqami ekranda chiqadi.

Buyurtma berdingizmi? Keyingi qo‘llanmada uni qanday kuzatish mumkinligini ko‘rasiz.